10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📣E'LON

 

🏛O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27 dekabrdagi "2025 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 490-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.                 Shu munosabat bilan, Baxmal  tuman  axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun turli tadbirlar 

🏅Tanlovlar, 

✈️Seminarlar, 

🎤Davra suhbatlari, 

📖Kitob ko‘rgazmalari,

🎥Videoroliklar, 

📌Uchrashuvlar, 

🏦Treninglar, 

📚Kitob taqdimotlari tashkil qilinadi.

🏛Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlaga taklif etamiz.

📣Baxmal tuman  axborot - kutubxona markazi Siz aziz kitobxonlarni kutib qoladi