Kutubxona haqida
Axborot-kutubxona markazi vazifasi
Zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holdaaxborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosidaaholini, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini hartomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O‘zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko‘maklashish;
axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini joylarda amalga oshirishda ishtirok etish, hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish vaoshirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
hududda faoliyat yuritayotgan axborot-resurs markazlari va kutubxonalarga metodik yordamko‘rsatish. Ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o‘zaro almashish, foydalanishborasida hamkorlik olib borish;
hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shakllari va metodlarini takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalariga yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali taqdim etish uchunshart-sharoitlar yaratish;
elektron axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy kompyuter vositalaridan vama’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona faoliyatijarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
axborot-kutubxona resurslaridan masofadan foydalanishni tashkil etish, elektron xizmatko‘rsatishni joriy qilish. Milliy kutubxona axborot-resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulanganholda viloyat yig‘ma elektron katalogini hamda elektron axborot-kutubxona fondinishakllantirish va yuritish;
Axborot-kutubxona markazi bo‘limlari
- Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish xizmati
-Axborot-bibliografiya xizmati
-Axborot-kutubxona fondlarini saqlash va ularga ishlov berish xizmati
-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati
Ish tartibi: Dushanbadan – Jumagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha
Shanba 9.00 dan 17.00 gacha