Kutubxona Tarixi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatishni yanada yaxshilash to'g'risidagi PQ-4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Baxmal tumanidagi 78-sonli davlat umumta'lim muassasasi bo'sh turgan maktab binosini tuman axborot-kutubxona markaziga o'tkazdi va uni tuman mahalliy byudjetidan ajratilgan mablag'lar hisobidan ta'mirladi. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining ochilish marosimi 2020-yil noyabr oyida bo'lib o'tdi. Markaz ochilgan paytda uning umumiy kitoblar to'plami 10 415 nusxani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda u 15421 taga yetdi.