10-dekabr kuni Baxmal tumanida zamonaviy konsert-tomosha zali, qulay kutubxona, kinozal hamda yoshlar uchun turli ijodiy to‘garaklarni o‘zida jamlagan 6-sonli Madaniyat markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

✅Baxmal tumanida yangi madaniy maskan foydalanishga topshirildi! ✨10-dekabr kuni Baxmal tumanida zamonaviy konsert-tomosha zali, qulay kutubxona, kinozal hamda yoshlar uchun turli ijodiy to‘garaklarni o‘zida jamlagan 6-sonli Madaniyat markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. 📚Mazkur muhim madaniy voqea doirasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi ham o‘zining rang-barang va mazmunli kitoblar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazmada turli janrdagi asarlar namoyish etilib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yangi markazning ochilishi tumandagi madaniy-ma’rifiy hayotning yanada rivojlanishiga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.