10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
🇸🇱Bugun — yuragimizda faxr va iftixor uyg‘otadigan muhim sana.
10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan. Bu madhiyamiz — xalqimizning orzu-umidlari, g‘ururi, tarixiy qadri va ertangi kunga ishonchini o‘zida mujassam etgan muqaddas qo‘shiqdir.
Madhiyamiz sadosi yangragan lahzalarda Vatanimizning ulug‘ tarixi, xalqimizning mehnati, birligi va mustaqillik ruhi ko‘z oldimizda gavdalanadi. U bizni hamisha yurtga sadoqat, tinchlikni asrash va kelajak uchun xizmat qilishga chorlaydi.
Keling, bugungi kunda madhiyamizga hurmat bajo keltirib, uni vijdonan kuylash orqali Vatanimizga bo‘lgan mehrimizni yana bir bor namoyon qilaylik!
Vatan — yuksak qadriyat, madhiyamiz esa uning ulug‘ ramzi!