✅12-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oqtosh mahallasidagi savdo do‘konlari va tikuvchilik sexlarida yangi adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi.

✅12-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oqtosh mahallasidagi savdo do‘konlari va tikuvchilik sexlarida yangi adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi. 📚Tadbir davomida kutubxonaga kelib tushgan eng so‘nggi, qiziqarli va foydali kitoblar tadbirkorlarga tanishtirildi. Jumladan, Robert Kiosakining “Pul oqimining kvadranti”, “Boy ota – kambag‘al ota”, Veysi Cherining “Munosib ota-ona bo‘lmoq – saodat”, shuningdek, Nikolay Nekrasovning mashhur “Rusiyada kim yaxshi yashaydi” asarlari keng targ‘ib qilindi. 📚Uchrashuv jarayonida kitoblarning mazmuni, ularning hayotiy ahamiyati hamda o‘quvchilar uchun beradigan foydalari haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir tadbirkorlarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.