📅14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida bolajonlar uchun unutilmas va mazmunli tadbir tashkil etildi. Iqtidorli ijodkor Irodabonu Avvalboyevaning “Maqollar, Topishmoqlar, She’rlar” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Kitobxonlik_haftaligi_2026
📅14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida bolajonlar uchun unutilmas va mazmunli tadbir tashkil etildi. Iqtidorli ijodkor Irodabonu Avvalboyevaning “Maqollar, Topishmoqlar, She’rlar” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobxonlar ushbu asarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishib, undagi hikmatli maqollar, qiziqarli topishmoqlar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega she’rlar orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitdilar. Ayniqsa, yosh kitobxonlarning faol ishtiroki, topishmoqlarga topqirlik bilan javob berishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Mazkur kitob bolalarning tafakkurini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish va milliy qadriyatlarimizni singdirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.