📅 14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yana bir muhim ma’naviy tadbir tashkil etildi. Markaz fondiga yangi kelib tushgan 55 nomdagi kitoblar asosida ko‘rgazma tashkil qilindi.

Kitobxonlik haftaligi 2026

 

📅 14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yana bir muhim ma’naviy tadbir tashkil etildi. Markaz fondiga yangi kelib tushgan 55 nomdagi kitoblar asosida ko‘rgazma tashkil qilindi.

 

Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi — badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop asarlar, bolalar adabiyoti hamda ma’rifiy kitoblar o‘rin olib, kitobxonlarga keng tanlov imkoniyati yaratildi. Tashrif buyurgan kitobsevarlar yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni saralab oldilar.

 

Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.