📚 14-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Uzunbuloq mahallasida “Kitobxon ona — kitobxon millat tarbiyachisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
KITOBXON ONA — KITOBXON MILLAT TARBIYACHISI
📚 14-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Uzunbuloq mahallasida “Kitobxon ona — kitobxon millat tarbiyachisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida onalarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda farzandlarni kitobga mehr ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, mutolaa taassurotlari va kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashdilar.
📖 Kitobxon ona — farzandiga ilm, tarbiya va ezgulik sari yo‘l ko‘rsatuvchi eng yaqin ustozdir. Zero, kitob o‘qiydigan oilada ma’rifat, tafakkur va ma’naviyat yuksaladi.