15-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Uzunbuloq mahallasidan faol va kitobsevar onalar ishtirok etishdi.

#Kitobxon_onalar_kuni

📚 15-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Uzunbuloq mahallasidan faol va kitobsevar onalar ishtirok etishdi.

 

Suhbat davomida ishtirokchilar kitobning inson ma’naviyati va tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashdilar. 

 

Onalar farzand tarbiyasida shaxsiy o‘rnak muhim ekanini, ayniqsa, bolalarni kitobxonlikka jalb etishda oilaning o‘rni beqiyosligini ta’kidlashdi. Zero, kitob insonni ma’naviyat va ma’rifat sari yetaklovchi eng muhim manbadir.