15-may — Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila tinch — jamiyat tinch” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan oila, ma’naviyat, tarbiya, milliy qadriyatlar, ota-ona hurmati hamda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlashga oid ada
15-may — Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila tinch — jamiyat tinch” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmadan oila, ma’naviyat, tarbiya, milliy qadriyatlar, ota-ona hurmati hamda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlashga oid adabiyotlar o‘rin oldi. Shuningdek, buyuk allomalarimiz va adiblarimizning oila va insoniy fazilatlar haqidagi asarlari kitobxonlarga tavsiya etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yoshlar ongida oilaga hurmat, mehr-oqibat, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish, oilaning jamiyatdagi muhim o‘rnini targ‘ib qilishdan iborat.
Tadbir davomida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda oila qadri haqida fikr almashdilar.
Zero, oila tinch bo‘lsa — jamiyat ham tinch va farovon bo‘ladi.