16-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida buyuk shoh va davlat arbobi, mumtoz adabiyotimizning yorqin namoyandasi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan mazmunli va ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

16-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida buyuk shoh va davlat arbobi, mumtoz adabiyotimizning yorqin namoyandasi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan mazmunli va ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur sana munosabati bilan “Nazm gulshani” nomli davra suhbati hamda kitob rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda “Kitobxonlar klubi” a’zolarining yosh a’zolari faol ishtirok etdi. Davra suhbatida Boburning hayoti, ijodi, adabiy merosi hamda uning asarlarida aks etgan yuksak ma’naviy qadriyatlar haqida fikr almashildi. Tashkil etilgan kitob rasmli ko‘rgazma esa yosh kitobxonlarda Bobur ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni mutolaaga chorladi. Tadbir ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalari va she’riy parchalar bilan davra suhbatiga fayz bag‘ishladilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlod qalbida kitobga mehr, tarixiy shaxslarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.