17-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning
Kitobxonlik haftaligi – 2026
17-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ushbu asarning mazmun-mohiyati, undagi hayotiy hikmatlar, inson qalbiga yaqin va chuqur ma’noli fikrlar haqida so‘z yuritildi. Kitob orqali insoniylik, mehr-oqibat, halollik va hayotga teran nazar bilan qarash kabi muhim tushunchalar ishtirokchilar ongiga singdirildi.
Tadbir qatnashchilari o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, kitobdan olgan taassurotlarini samimiy ifoda etdilar. Bu esa tadbirning yanada mazmunli va qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.