17-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi, tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Yosh kitobxon" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚 Kitobxonlik haftaligi – 2026 17-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi, tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Yosh kitobxon" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda bilim va tafakkurini boyitish maqsadida tashkil etildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘qigan asarlari yuzasidan savollarga javob berdilar, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar hamda badiiy chiqishlar orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar. Yosh kitobxonlarning faolligi, erkin fikrlashi va kitoblarga bo‘lgan mehr-muhabbati tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.