17-fevral kuni Baxmal AKM mutaxassisi tumandagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 17-fevral kuni Baxmal AKM mutaxassisi tumandagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Qo’shnazarov Sultonga kutubxona kundaligining yuritilishi,yangi kelgan kitoblarni inventar kitobiga to’g’ri kiritish, kitoblarga ishlov berish,kitobxon formulyarini yuritish va formulyar javoniga to’g’ri joylashtirish bo‘yicha o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.