📚 18-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq mahallasidagi filialida onalar va bolalar ishtirokida ““Kitob bilan ulg‘aygan avlod” ” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Kitob bilan ulg‘aygan avlod” 📚 18-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Uzunbuloq mahallasidagi filialida onalar va bolalar ishtirokida ““Kitob bilan ulg‘aygan avlod” ” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlikning bola tarbiyasidagi o‘rni, oilada kitob o‘qish muhitini shakllantirish hamda farzandlarni mutolaa qilishga qiziqtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Onalar farzand tarbiyasida kitob va mutolaaning beqiyos ahamiyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. 📖 Bunday tadbirlar oilada kitobxonlik muhitini mustahkamlash, onalar va farzandlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni yanada kuchaytirish hamda yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va kitobsevar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Kitob o‘qigan oila — ma’rifatli oila, ma’rifatli oila esa kelajak poydevoridir!