✅18-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi 92/55 sonli harbiy qism hamkorligida faol kitobxon yoshlar va yosh askarlari ishtirokida zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

Zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

 

✅18-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda   tumandagi 92/55 sonli harbiy qism hamkorligida faol kitobxon yoshlar va yosh  askarlari ishtirokida  zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

📚Mazkur tadbir yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ularda mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan holda o‘tkazildi.

 

📚O‘yin davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob berib, o‘z zakovati, topqirligi va bilimi bilan bellashdilar. Musobaqa jarayoni qizg‘in va sermazmun ruhda o‘tdi.

Bunday intellektual uchrashuvlar yoshlar ma’naviy dunyosini boyitish va ularni kitob bilan do‘stlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.