🌸 19-mart kuni Baxmal tuman 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida "Navro‘z umumxalq bayrami" munosabati bilan kitobxonlar klubi azolari ishtirokida “Xus

🌸 19-mart kuni Baxmal tuman 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida "Navro‘z umumxalq bayrami" munosabati bilan kitobxonlar klubi azolari ishtirokida “Xush kelding, Navro‘zi olam!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda musiqiy kecha tashkil etildi. 🎶 Tadbir davomida Navro‘zning qadimiy an’analari, milliy qadriyatlarimiz va bahorning yangilanish ruhi haqida qiziqarli suhbatlar olib borildi. Ishtirokchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bayramona kayfiyat yanada ko‘tarildi. 📚 Shuningdek, tadbirda kitobxonlar faol ishtirok etib, o‘z ijodiy chiqishlari orqali barchaga ko‘tarinki ruh ulashdilar. ✨ Ushbu musiqiy kecha Navro‘z bayramining go‘zalligi va mehr-oqibatga chorlovchi ruhini yana bir bor namoyon etdi.