2-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida haftaning har payshanba kuni tashkil etib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida 81-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida“ Zakovat” intellektual o‘yini bo‘li
Zakovat — bilim va tafakkur maydoni
2-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida haftaning har payshanba kuni tashkil etib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida 81-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida“ Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Intellektual bahslar davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga tezkorlik va zukkolik bilan javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. O‘yin jarayonida yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, jamoaviy hamkorlik va fikr almashish ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirildi hamda bunday intellektual uchrashuvlar yoshlarning kelajakdagi yutuqlari uchun muhim poydevor bo‘lishi ta’kidlandi.