2025-yil 23-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi “Yuksalish” maktabi hamkorligida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanl

📚 Kitobxonlik — kelajakka yo‘l 2025-yil 23-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumandagi “Yuksalish” maktabi hamkorligida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda turli yosh toifasidagi iqtidorli va kitobsevar o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘qigan asarlari yuzasidan bilim va fikrlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbati, mustaqil fikrlashi va nutq madaniyati alohida e’tiborga olindi. Tanlov yakunida eng faol va bilimdon yosh kitobxonlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu tadbir yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularni ma’naviy yetuklik sari yetaklashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday hamkorlikdagi tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va kitobsevar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.