❇️2025-yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi o'tkazildi.
❇️Joriy yilning 3-iyul kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot -kutubxona markazida tuman axborot- kutubxona markazlarining 2025-yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi o'tkazildi.
Mazkur hisobot yig'ilishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, kamchiliklar ko'rsatib o'tildi hamda keyingi vazifalar belgilandi.
Yig’ilish yakunida barcha tuman axborot-kutubxona markazlariga jumladan Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga ham Brayl yozuvidagi kitoblar viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan beg'araz sovg’a tariqasida berildi.