2026-yil 16-iyul kuni Baxmal axborot-kutubxona markazida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

2026-yil 16-iyul kuni Baxmal axborot-kutubxona markazida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, biznesni yo'lga qo'yish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, kitob mutolaasi, bilim va zamonaviy axborot resurslaridan samarali foydalanishning tadbirkorlikdagi ahamiyati muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.