2026-yil 17-iyun kuni Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig‘i hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekisto
2026-yil 17-iyun kuni Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig‘i hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 2-fevraldagi 11-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida "Birga kitob o‘qiymiz" shiori ostida kitobxonlik targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda kitobxon onalar va kitobxon oilalar sonini oshirish, oilalarda kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda yosh avlodning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchisi O‘razova Nurjaxon bilan kitob mutolaasining inson ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va bilim saviyasini oshirishdagi o‘rni haqida suhbat olib borildi.
Mazkur tadbir kitobxon onalar va kitobxon oilalar safini kengaytirish, jamiyatda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda