2026-yil 5-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ona muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
📚 “Ona muqaddas” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2026-yil 5-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ona muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida ona siymosining hayotimizdagi o‘rni, uning mehr-muhabbati, sabr-toqati va tarbiyadagi beqiyos ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Suhbat jarayonida yosh kitobxonlar o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashib, ona haqida yozilgan asarlar yuzasidan muhokamalar olib bordilar.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Odil Yoqubovning “Onaizor” hamda Baxtiyor Abdug‘afurning “Snayper qiz” nomli kitoblaridan iborat kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ushbu asarlar orqali ona timsoli, uning fidoyiligi va inson hayotidagi o‘rni yana bir bor yoritib berildi.
✨ Bunday tadbirlar yoshlar qalbida onaga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.