2026-yil 6-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi bir guruh uyushmagan yoshlar tashrif buyurdi.
Kutubxonaga ma'rifat sayohati
2026-yil 6-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi bir guruh uyushmagan yoshlar tashrif buyurdi.
Sayohat davomida yoshlar kutubxona faoliyati, kitob fondi, zamonaviy xizmat turlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga badiiy, ilmiy-ommabop va motivatsion adabiyotlar tavsiya etilib, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida qiziqarli suhbat tashkil etildi.
Mazkur ma'rifiy sayohatning asosiy maqsadi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishga rag‘batlantirishdan iboratdir.