📚23-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Yangi kitoblar targ‘iboti – ixtisoslashtirilgan maktabda 📚23-dekabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktabning o‘qituvchi-xodimlari hamda o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ularning mazmuni, yo‘nalishlari va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritildi. Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni kitob mutolaasiga yanada keng jalb etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanishga chorlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.