26-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Kitobim — oftobim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

KITOBIM-OFTOBIM 26-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Kitobim — oftobim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda ularni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan kitob va bilimni ulug‘lovchi she’rlar, hikmatli so‘zlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Har bir chiqish kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning qalblarni yorituvchi oftob misol nur sochishini yana bir bor namoyon etdi. Kitobxonlar klubi a’zolari o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi, kitobning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi. Faol ishtirokchilar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.