📚 27-avgust kuni “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida yoshlar bilan mazmunli va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI NIGOHIDA 🇺🇿
📚 27-avgust kuni “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida yoshlar bilan mazmunli va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
✨ Uchrashuv davomida yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqillikning mazmun-mohiyati hamda yurtimiz taraqqiyotida yoshlarning o‘rni haqidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
🇺🇿 Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkori, Vatanimizning yorqin kelajagi va ishonchli tayanchidir. Ularning bilimga, kitobga, ilm-fanga va ezgu maqsadlarga intilishi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omilidir.
📖 Ayniqsa, kitobxonlik va mutolaa yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi haqida fikrlar almashildi. Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasiga keng jalb etish va o‘z ustida muntazam ishlashga undovchi tavsiyalar berildi.