3-iyun kuni Baxmal tuman AKM mutaxassisi tuman madaniyat markaziga tashrif buyurdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar,davlat tashkilotlari kutubxonalari, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 3-iyun kuni Baxmal tuman AKM mutaxassisi tuman madaniyat markaziga tashrif buyurdi.Tashrif davomida madaniyat markazi kutubxonachisi Xudoyorova Maxliyoga kitoblarga ishlov berish,kutubxona formulyarini yuritish tartibi ,kutubxona kundaligini yuritish, kitoblarni kitob javonlariga qanday tartibda joylashtirish to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.