30-mart kuni Baxmal tumani" Mo`g`ol " MFY da "Millatlar do‘stligi" shiori ostida "Millatlararo totuvlik oʻzaro mehr-oqibat va bagʻikenglik azaliy qadriyatimizdir " mavzusida bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
✅30-mart kuni Baxmal tumani" Mo`g`ol " MFY da "Millatlar do‘stligi" shiori ostida "Millatlararo totuvlik oʻzaro mehr-oqibat va bagʻikenglik azaliy qadriyatimizdir " mavzusida bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan. Bayram doirasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi, shuningdek, millatlarning urf-odatlari, xalq o‘yinlari va madaniy chiqishlari namoyish etildi, sport musobaqalari, milliy taomlar tanlovi ham o‘tkazildi. Tadbir mehmonlari turli xil madaniy dasturlar va jonli ijrolardan bahramand bo‘lishdi.Ushbu shodiyonaga mahalliy hokimiyat vakillari, faxriy mehmonlar va tuman aholisining keng qatlami tashrif buyurdi.