📚 30-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga 🚨 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Baxmal tuman bo‘limi xodimlari sayohat tashrifi bilan tashrif buyurdilar.

📚 30-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga 🚨 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Baxmal tuman bo‘limi xodimlari sayohat tashrifi bilan tashrif buyurdilar. 🤝 Sayohat davomida “Favqulodda vaziyatlarda ogohlik va bilim — xavfsizlik garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda kitob va axborotning hayotdagi muhim o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. 📖 Kutubxona fondi, axborot-resurslari va o‘quv zallari bilan tanishgan mehmonlar bilim olish va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. ✨ Tadbir samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda kitobxonlik va bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.