✅31-mart kuni Baxmal tumani "Muzbuloq" mahallasida "Qo’shnichilik mingyilchilik" bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
✅Qoshnichilik mingyilchilik bayrami Baxmal tumanida nishonlandi.
31-mart kuni Baxmal tumani "Muzbuloq" mahallasida "Qo’shnichilik mingyilchilik" bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram millatlararo totuvlik va birdamlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda turli millat vakillari o‘z milliy urf-odatlari, madaniyati va san’atini namoyish etishdi. Har bir xalqning o‘ziga xos kuy-qo‘shiqlari, raqslari va an’anaviy taomlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Shuningdek, yosh ijodkorlar tomonidan Vatan, tinchlik va do‘stlik haqida she’rlar o‘qildi.Ushbu tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi kitoblar ko’rgazmasi bilan ishtirok etdi.
Bo’lib o’tgan bayram tadbiri milliy madaniyatlar va an’analarni targ‘ib qilish,qo’shnichilik, do‘stlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.