5-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun — 8-dekabr bayrami oldidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil et
5-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun — 8-dekabr bayrami oldidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✅Tadbir davomida o‘quvchilar hamda ishtirokchilarga Konstitutsiyamizning ahamiyati, unda belgilangan asosiy tamoyillar va inson huquqlarini himoya qilishga oid qoidalar haqida tushunchalar berildi.
📚Shuningdek, kutubxona fondidan tayyorlangan “Konstitutsiya — baxtimiz poydevori” nomli kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi yangilangan Konstitutsiyasi, O‘zbekiston tarixiga, davlat ramzlariga, huquqiy bilimlarni mustahkamlashga oid adabiyotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
📚Bunday tadbirlar o‘quvchilarda Vatan, qonun va ma’naviyatga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.