📚 8-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 9-aprel buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

📚 8-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 9-aprel buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 📜 Tadbir davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati, ⚔️ jasorati va 📚 ilm-fanga bo‘lgan yuksak e’tibori haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. 👥 Ishtirokchilar Sohibqironning hayoti va faoliyati orqali yosh avlodni 🇺🇿 vatanparvarlik, mardlik va 🎓 bilimga intilish ruhida tarbiyalash muhimligi haqida o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashdilar. 🌟 Bunday ma’naviy tadbirlar yoshlar ongida 🧠 tarixiy xotirani mustahkamlash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.