81-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Eng faol kitobxon o’quvchi” tanlovi bo’lib o’tdi.
Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi.Bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson bilimini ham oshiradi.
Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida tumandagi 81-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Eng faol kitobxon o’quvchi” tanlovi bo’lib o’tdi.Tadbirda 12 nafar o’quvchi ishtirok etishdi.3 shart asosida yani tanishtiruv,men yoqtirgan yozuvchi,men o’qigan asar shartlarning har biriga vaqt belgilandi va bajarishiga qarab baholandi. Faxrli 1-o’rinni egallagan Begimqulova Maxliyo tuman bosqichiga qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.