9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda” mavzusida kitoblar ko'rgazmasi va davra suhbati bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida O‘rta Osiyolik buyuk turkiy hukmdor, sarkarda  Temuriylar saltanati  asoschisi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda” mavzusida  kitoblar ko'rgazmasi va davra suhbati  bo'lib o'tdi.Unda quyidagilar takidlandi.

Amir Temur yoshligida kuchli va baquvvat yigit bo'lgan .Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karimni” yoddan bilgan,diniy bilimi ham kuchli  bo'lgan.O'z davridagi diniy  ulamolar bilan bemalol bahslasha olgan.Jang sanatini ham mukammal  o'rgangan.Ikki qo'lda qilich bilan bemalol jang qila olgan.Amir Temur nafaqat O'rta Osiyoda balki jahondagi eng mashhur  sarkardalardan biri bo'lgan.Bu haqda Fransiyalik tarixchi yozuvchilardan Marsel Brion “Men kim Fotih  Temur” hamda Lyusen Kerenning “Amir Temur saltanati”  asarlarida ko'plab ma’lumotlar berilgan.