✅9-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida kitobxonlar klubi a’zolari bilan “Milliylik — o‘zligimizning eng yorqin timsoli” mavzusida samimiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

✅9-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida kitobxonlar klubi a’zolari bilan “Milliylik — o‘zligimizning eng yorqin timsoli” mavzusida samimiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 💫Uchrashuv davomida ishtirokchilar milliy an’ana va urf-odatlarimizning inson tarbiyasidagi o‘rni, o‘zligimizni anglashdagi ahamiyati haqida fikr almashib, hayotiy misollar orqali boy merosimizning qadriga yetish zarurligini ta’kidladilar. 💫Suhbat jarayoni iliq taassurotlarga boy bo‘lib, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish borasida yangi g‘oyalar yuzaga keldi. Tadbir oxirida kitobxonlar klubi a’zolari bunday uchrashuvlar milliy o‘zligimizni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etdilar.