Abdulla Qahhor — so‘z san’atining buyuk namoyandasi

Abdulla Qahhor — so‘z san’atining buyuk namoyandasi Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Abdulla Qahhorning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, hayoti va sermahsul ijodiy faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Adibning hikoya, qissa va romanlarida insoniy fazilatlar, halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat hamda jamiyatdagi turli muammolarning mahorat bilan yoritilgani ta’kidlandi. Davra suhbatida kitobxonlar yozuvchining mashhur “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor”, “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar” kabi asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, Abdulla Qahhor asarlarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida qiziqarli suhbatlar olib borildi. Tadbir yakunida kitobxonlarga Abdulla Qahhorning hayoti va ijodiga oid kitoblar tavsiya qilinib, adibning boy adabiy merosini mutolaa qilishga chorlandi.