Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligi munosabati bilan "O'zbek romanchiligining asoschisi" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi hamda davra suhbati tashkil etildi.

✅Joriy yilning 10-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek romanchiligining asoschisi, yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg hamda eng mashhur hozirgi kunga qadar o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon ” romanlari muallifi Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligi munosabati bilan "O'zbek romanchiligining asoschisi" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi hamda davra suhbati tashkil etildi.Unda Abdulla Qodiriyning hayoti va yozgan asarlari,”Jadidchilik harakati”ga qo’shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi .