Adabiyotga ehtirom — kitobga tuhfa Joriy yilning 14-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanimiz faxri, taniqli shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Majid Hasanov xonadoniga tashrif buyurdilar.
Adabiyotga ehtirom — kitobga tuhfa
Joriy yilning 14-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanimiz faxri, taniqli shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Majid Hasanov xonadoniga tashrif buyurdilar.
Samimiy suhbat va ijodiy muloqot davomida shoirning adabiyotimiz rivojiga qo‘shayotgan hissasi, ijodiy faoliyati hamda yosh avlodni kitobxonlikka, ma’rifatga va ezgulikka chorlash borasidagi xizmatlari haqida fikr almashildi.
Tashrif davomida shoir o’zining “Bolaligim asradim”, “So‘zmunchoq”, “Dilda borim”, “Baxt boshi — balog‘at yoshi” nomli kitoblarini Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga sovg‘a qildi.