AKM mutaxassisi tumandagi Do'stlik MFY hududida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 25-fevral kuni Baxmal tuman AKM mutaxassisi tumandagi Do'stlik MFY hududida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Eshbekov Abdusattorga kutubxona kundaligining yuritilishi, kitoblarga ishlov berish,kitoblarni va gazetalarni qanday tartibda joylashtirish, kutubxona formulyarini yuritish tartibi to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.