AKM mutaxassisi tumandagi Fayzobod MFY hududida joylashgan 68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi  tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib  kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 18-fevral kuni Baxmal tuman  AKM mutaxassisi tumandagi Fayzobod MFY hududida joylashgan  68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Hakimova Qunduzga kutubxona kundaligining yuritilishi,  kitoblarga ishlov berish,kitobxon formulyarini yuritish va formulyar javoniga to’g’ri joylashtirish,kitoblarni javonlarga joylashtirishda nimalarga e'tibor berish kerak ekanligi bo‘yicha  o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.