AKM mutaxassisi tumandagi Oqtosh MFY hududida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 28-fevral kuni Baxmal tuman AKM mutaxassisi tumandagi Oqtosh MFY hududida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Bekjanova Buvxadichaga, kitoblarga ishlov berish,kitoblarni,gazetalarni qanday tartibda joylashtirish,tadbirlarni qanday tartibda o'tkazish to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.