💻AKM raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarga navbatdagi mahorat darsi o’tkazildi.
💻 20-iyun kuni
Baxmal tuman AKM raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarga navbatdagi mahorat darsi o’tkazildi.Unda kiberxavfsizlik haqida quyidagi ma'lumotlar berildi.
Kiberxavfsizlik - bu internetga ulangan tizimlarni (texnika, dasturiy ta'minot va ma'lumotlar) kiber tahdidlardan himoya qilish hisoblanadi. Shu o'rinda «Kiberjinoyatchilik» tushunchasiga kelsak, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanishi ta’kidlandi.