AKM xodimlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
AKM xodimlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 4-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — axborot-kutubxona markazi xodimlarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash hamda ish jarayonida raqamli imkoniyatlardan unumli foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Mahorat darsi davomida xodimlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlardan foydalanish, elektron resurslar bilan ishlash hamda ish faoliyatida raqamlashtirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy va nazariy tushunchalar berildi.