📌 Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuman bo‘limida “Buyuklar nomi barhayot” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Kitobxonlik_haftaligi_2026 📚 “Buyuklar nomi barhayot” 🌟 📌 Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuman bo‘limida “Buyuklar nomi barhayot” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 👑 Tadbirda buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi va bunyodkorlik faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. 📖 Ishtirokchilar Amir Temur merosi bugungi avlodni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. 📚 Tadbir doirasida Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy va badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. 🤝 Tadbir yakunida bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tarixiy xotirani mustahkamlash va kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.