“Anqaboy Xudoybaxtov kim edi?” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi .

#Kitobsevar_millat 📚

 “Anqaboy Xudoybaxtov kim edi?” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi ✨

 

Joriy yilning 21-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 88-sonli umumta’lim maktabida adabiyotshunos Ali Oqmurodov qalamiga mansub “Anqaboy Xudoybaxtov kim edi?” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.

 

Taqdimot davomida kutubxona xodimlari muallif hayoti va ijodiy faoliyati, shuningdek, kitobda aks etgan tarixiy shaxs Anqaboy Xudoybaxtovning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot berishdi.

 

O‘quvchilarga asarning mazmuni, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda kitobxonlikning inson ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

 

Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni ilm va kitobga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌿