🎬Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi kitob fondida mavjud navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!
“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi
🎬Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi kitob fondida mavjud navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!
✍️Luqmon Bo'rixon
🖌“TUN QA'RIDAGI SHU'LA”
📚 Luqmon Bo‘rixon — hikoyanavislik mahorati namoyandasi
Luqmon Bo‘rixon hikoyanavislik borasida ham alohida iste’dod sohibidir. Uning hikoyalari oddiy hayotiy voqealar tasviri orqali chuqur ma’no va zamon ruhini aks ettiradi. Adib qahramonlari turfa taqdirlar girdobida namoyon bo‘lar ekan, ular orqali davr muammolari, insoniy dardlar va yuksak tuyg‘ular yorqin ifodalanadi.
“Tun qa’ridagi shu’la” hikoyasida kasbiga sadoqatli, tog‘-u dashtni sun’iy shaharlik hashamatdan ustun qo‘ygan o‘qituvchi obrazi gavdalanadi. “Qo‘shyaproq” asarida asrlarni yig‘latgan muhabbat kuylanadi, “Sut sotuvchi bola” hikoyasida esa ezgulik va halollik ulug‘lanadi. “Aldoqchi tunlar” Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar hayotini yoritadi.