Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️Oskar Uayld 🖌“Dorian Greyning portreti” asaridan parcha Dorian Grey yosh, beg‘ubor va betakror go‘zallikka ega yigit edi. Lord Genri bilan suhbatlar jarayonida u yoshlik va husnning o‘tkinchi ekanini anglab, bundan larzaga tushadi. Shunda u g‘ayrioddiy tilak qiladi: hayotning barcha gunohlari va kechmishlari uning portretida aks etsin, o‘zi esa abadiy yosh bo‘lib qolsin. Bu tilak amalga oshadi. Dorianning har bir shafqatsizligi va xatosi suratda aks etib boradi, u esa tashqi tomondan o‘zgarmay qoladi. Portret — uning yashirilgan vijdoniga aylanadi. Odamlar bu tubanlashuvni ko‘rmaydi, jinoyatlar jazosiz qoladi. Aslida esa inson eng katta yo‘qotishni qalbini boy berganida boshdan kechiradi. “Dunyoni boshiga ursinmi inson, Boy berib qo‘ysa gar butun qalbini…”