📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi #Kitob_jamiyat_qalbi 📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️ Junayd Suavi 🖌"Bir kunda inqilob” ✅Siz biror narsani tasavvur qilishga urinasiz. Ammo yozuvchi — mana shu tasavvurlar zanjiridan butun bir olam, yangi bir asar yaratadigan sehrgarlardandir. Junayd Suavi ham har birimiz xayol qiladigan, biroq hammaning ham tasavvur doirasiga sig‘a bermaydigan o‘tkir holatlar, hayotiy mushohadalar va ruhiy kechinmalarni “Bir kunda inqilob” nomli qissasida jonlantira oldi. Bu asar — Olam va Odam o‘rtasidagi muloqot. U sizni faqat yaratiqlarga boqishga emas, balki ularni HAQIQATDAN ko‘ra olishga chorlaydi. Aziz kitobxonlar! Qo‘lingizdagi ushbu qissa sizni fikrlashga, his qilishga va qalbingiz chekka burchaklarining o‘zini topishiga undaydi degan umiddamiz. Kitob sizga manzur bo‘lsin! 📚✨